O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi va istiqboldagi ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini shakllantirish amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan kimyo-biologiya bo‘limida 5 ta istiqbolli ilmiy yo‘nalish shakllantirildi.
Shakllantirilgan ilmiy yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish, tegishli xulosa qilish yuzasidan akademiklar va soha vakillarining ishtirokida bo‘lim Ilmiy- texnik kengash yig‘ilishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Rejaga binoan 1-yo‘nalish bo‘yicha “Oʻzbekiston Respublikasi sug‘oriladigan yer maydonlarining sho‘rlanish darajasini skrining qilish” yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotlar rejasi joriy yil 9-sentyabrida Fanlar akademiyasi binosining 2-qavatidagi majlislar zalida taqdimoti o‘tkaziladi. Tuzlanish, cho'llanish, sho'rlanish kabi dolzarb muammolarga yechim topish bugungi olimlar oldida turgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Ilmiy yangiliklarimiz bilan bo'lishib boramiz.