Kecha 24-yanvar kuni Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-gumanitar boʻlimi rahbari Nodira Mustafoyeva, Oʻzbekistonning eng yangi tarixi markazi xodimlari Fransiyaning Markaziy Osiyo tadqiqotlar instituti direktori Adriyen Fov va maslahatchi Loran Oriol bilan uchrashuvda qatnashdi. Unda kelajakdagi ilmiy-tadqiqot va madaniy-gumanitar masalalar borasidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilindi.