Seleksiyada genetik yondashuvlar keng tarqalgan ekin turlarini takomillashtirish uchun eng tejamkor va samarali vosita hisoblanadi. Ildiz tizimining taraqqiy etishi paxta ko'chatlarini muvaffaqiyatli yetishtirish, undan keyingi rivojlanishi, hosil samaradorligi va barqarorligi uchun juda muhimdir. Paxta ildiz tizimlarini genetik jihatdan yaxshilashga qaratilgan birinchi qadam sifatida muhim irsiy fenotipik o'zgarishlarni aniqlash yoki yaratish kerak. O'zR FA Genomika va bioinformatika markazi olimlari tomonidan mazkur yo'nalishda ham ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Ushbu Markaz va AQSh olimlari tomonidan olib borilgan va yuqori impaktli Euphytica jurnalida chop etilgan “Ildiz va poya morfologiyalarini o'zaro o'rta tolali g'o'za xromosomalari yoki xromosomalar segment juftlarini o'zaro almashtirish yo'li bilan o'zgartirish” mavzusidagi tadqiqotning umumiy maqsadi donor tetraploid turlari Gossypium barbadense, G.mustelinum, va G. tomentosum dan olingan xromosomalar yoki xromosoma segmentlari almashingan liniyalaridagi (XAL) poyaning, bargning va ayniqsa ildizning tanlangan xususiyatlariga ta'sirini o'rganishdan iborat edi.
Bunda TM-1 barcha xromosomasi almashingan liniyalar uchun kvasi-izogen ota nazorat o'simligi bo'lsa, 3-79 liniyasi (G. barbadense), barcha CS-B liniyalari uchun nazorat ona o'simligi hisoblanadi. Shuningdek turli xil juftlik yoki xromosomalarning qisqa segmentlarini o'z ichiga olgan yigirma yettita xromosomasi almashingan liniyalari G. barbadense, G.mustelinum, va G. tomentosum xromosomasi almashingan liniyalari ham tadqiqot ob'ekti sifatida olingan. Maqsad xromosomasi almashingan liniyalarining 17 ta morfologik poya va ildiz belgilaridan birortasiga sezilarli darajada ta'sir yetadimi-yo'qligini aniqlashdan iborat edi. Darhaqiqat, bir nechta ildiz va poya fenotiplari uchun muhim liniyalarga asoslangan o'zgarish yuz berdi. Vositalarni taqqoslash va ikki tomonlama iyerarxik klasterni tahlil qilish bir vaqtning o'zida bir nechta xromosomasi almashtirilgan liniyalarni aniqladi va bir nechta poya yoki ildiz xususiyatlariga ijobiy hamda salbiy ta'sir ko'rsatganligi aniqlandi. Eng muhimi, xromosomasi almashingan liniyalardagi yangi individual belgilar va boshqa ko'plab belgilarning samaradorligi g'o'za ildiz tizimi, uning rivojlanishi, genetik nazorat va takomillashish bilan bog'liq bilimlarimizni oshirishga xizmat qiladi.