2021-yil 25-oktabr kuni Fanlar akademiyasida Turkiyaning Anqara Inqiroz va siyosat masalalari bo‘yicha tadqiqotlar markazi - ANKASAM markazi direktori, doktor Mehmet Seyfitdin EROL bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Tarix instituti, Davlat va huquq instituti olimlari ishtirok etdilar. Unda Anqara Inqiroz va siyosat masalalari bo‘yicha tadqiqotlar markazi - ANKASAM bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so’nggida Anqara Inqiroz va siyosat masalalari bo‘yicha tadqiqotlar markazi - ANKASAM hamda Davlat va huquq instituti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.