O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o`simliklar eksperimental biologiyasi ilmiy xodimi Tilov Muhiddinov gʻoʻzada noanʼanaviy usullarga asoslangan kleystogam (yopiq) gulli Kleystogam-1 navini yaratdi. Bu yangi nav jahon paxtachiligi amaliyotida birinchi bor qoʻllanilayotgan yopiq-kleystogam gulligomozigot (95-98%) holatiga ega boʻlgan nav hisoblanadi. Tezpisharligi, serhosil va turli kasalliklarga chidamliligi hamda bargining tabiiy toʻkilishi bilan alohida ahamiyatga ega, shuningdek, tabiiy chilpishlanishi uni defolyatsiyaga boʻlgan ehtiyojini bartaraf qilishi bilan ajralib turadi.
Bu nav xazmogam gulga nisbatan oʻzining moʻtadil (barqaror) yopiq guldagi namlikni oʻzida saqlash xususiyati tufayli changchilarda changlanish, otalanish hamda ularning hayotchanlik xususiyati ratsionalfoydalanish yoʻli bilan ijobiy sodir boʻladi. Bu esa fanda yangi elementlarning shakllanishiga olib keladi va seleksion-genetik omillar tufayli embriogenetik holat ijobiy tarzda oʻzgaradi. Demak, tabiiy holatda irsiyat va oʻzgaruvchanlik tufayli urugʻchilik va urugʻshunoslikda superelita, elita, R1, R2 va boshqalarnitayyorlash ishlari mutloq barqarorlashadi va osonlashadi.
Ushbu navning tola chiqimi 31-33%, tola uzunligi 41,5-42,5 mm, tolasi oq, tolasi 1 “A” sanoat tipiga ega boʻlib, mikroneyri 4,0-4,1, jahon paxtachiligida birinchi bor qoʻllanilayotgan, Respublikamiz va jahonda oʻxshashi yoʻq. Bu nav ekib koʻrilganda Surxondaryo sharoitida 98-105 kun, Qashqadaryo sharoitida 105-110 kun, Toshkent sharoitida 113-115 kunda toʻliq pishib yetildi. Uning hosildorligi gektaridan 36-38 s/ga ni tashkil etdi.
Ushbu navning superelita urugʻini toza tizim va nav sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻpaytirishga qoʻllash imkoniyati mavjud. Elita xoʻjaliklarda esa koʻpaytirish bilan bir qatordabelgilangan seleksion qonun-qoidalar asosidaushbu holat bilan bogʻliq boʻlgan ogʻir mehnatni bartaraf qilish mumkin. Bu esa seleksiya va urugʻchilik ishlarida mutloq yangi yunalishni olib kirishga sabab boʻladi. Natijada superelita urugʻini koʻpaytirishning yangi va tezkor usuli hisobida elita urugʻchiligida ishlar qisqarib uning iqtisodiy samaradorligi va rentabellik darajasi bir necha bor keskin darajada ortadi.
Kleystogam-1 gʻoʻza navi
Shu bilan birlikda uning texnologik sifat koʻrsatkichlari jahon standartlari talabiga mos boʻlib, standart nav hisoblangan 9871-I dan keskin farqlanadi. Paxtachiligimiz amaliyoti tarixida birinchi bor yaratilgan, yangi istiqbolli deb topilgan.