Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti tomonidan gelmintlarga qarshi keng taʼsir doiraga ega Аlbendazol dori vositasi ishlab chiqilgan. Ushbu dori vositasi ichakdagi mono- va poliinvaziyalarga qarshi yuqori samarali boʼlib, ichak va toʼqima shakldagi gelmintlarga ayniqsa, ularning tuxum, lichinka va katta gelmintlarga qarshi kuchli taʼsirga ega. Аlbendazolning gelmintlarga qarshi kuchli taʼsiri tubilinni polimerizatsiya jarayonini susaytirishga va shuning oqibatida metobalizmni susayishi natijasida gelmintlarning nobud boʼlishiga sabab boʼladi.
Аlbendazolning boshqa turdosh dorilardan afzalligi shundaki, trixotsefalez va ankilostomidoz kasalliklarida dori bir marotaba beriladi, sababi, gelmintlarga qarshi yuqori samarali va davolashning oddiy tizimiga ekanligi bilan baholanadi.
Hozirda ushbu dori vositasi “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarishga joriy qilingan.