“Foto san’ati – davrlar kesimida” nomli ko‘rgazmasi ochildi

O’zR FA O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan “Foto san’ati – davrlar  kesimida” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bu ko‘rgazma muzeyning “Tabarruk buyumlar” fondida saqlanayotgan noyob fotoapparatlardan tashkil topgan bo‘lib, unda 1940-yildan boshlangan fotoapparatlar evolyutsiyasi namoyish etilmoqda.  

 

 

Ko‘rgazmada ham obyektivkali, plyonkali fotoapparatlarning turli xillari ommaga havola qilingan. Ko‘rgazma fotograflar va foto san’ati bilan qiziquvchi insonlarda fotoapparatlar tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradi.  

Ko‘rgazma 2022-yil sentabrning so‘nggi kuniga qadar davom etadi.