Fermerlar maktabi tinglovchilari uchun mahorat darslari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6262-sonli farmonida o‘simliklar karantini va himoyasi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, fitosanitar va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, tashqi bozorda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulot-larining raqobatbardoshligini oshirish va mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, mineral o‘g‘itlar va agrokimyoviy xizmatlar sifatini oshirish  hamda o‘simliklarni himoya qilish sohasini modernizatsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashga “Agrobank” ATBga topshiriqlar belgilangan.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Agrobank” ATB moliyaviy ko‘magida “Fermerlar maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Fermerlar maktabi (28 nafar) tinglovchilari O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida “Fitopatogen mikroorganizmlar bilan laboratoriyada sharoitida ishlashda foydalaniladigan zamonaviy asbob-uskunalar” mavzusida mahorat darslarida bo‘lishdi.

 

Mahorat darslari davomida fitopatogen mikroorganizmlarni kulturalarni kolleksiyasida saqlash, genofondini boyitish, konservatsiya va rekonservatsiya ishlarini bajarish, laboratoriya sharoitida  bakteriya, zamburug‘ va viruslarning patogen turlari sof monospora kulturasining ajratish,  sistematik oidligi yangi sistematika asosida aniqlash, respublikamizda tarqalgan sariq zang zamburug‘ini laboratoriya sharoitida izolyatlarni monopustila shaklida ko‘paytirish, mikroorganizmlarning izolyatlarni morfologik va molekulyar-genetik xususiyatlari asosida identifikatsiya qilish ishlari bo’yicha mahorat darslari olib borildi.