Oʼzbekiston Repsublikasi Fanlar akademiyasiga Ilmiy tadqiqotlarni qoʼllab-quvvatlash assotsiatsiyasi raisi Protasov Аnton Vladislavovich tashrif buyurdi. Mehmonni FА bosh ilmiy kotibi Gʼayrat Baxadirov kutib oldi.
Uchrashuvda xalqaro miqyosda muhim boʼlgan fundamental va amaliy tadqiqotlar, ikki tomonlama hamkorlik yoʼnalishlari, hamkorlikda ilmiy konferentsiyalarni tashkil etish, ilmiy ishlar natijalarini “Scopus” “Web of Science” kabilarda nashr etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv soʼnggida Аssotsiatsiya raisi Аnton Protasov samimiy uchrashuv uchun oʼz minnatdorchiligini hamda hamkorlikdan mamnun ekanligini bildirdi.