Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti  Shinjon Tibbiyot universitetida bo'lib, ilmiy jarayonlar bilan tanishdi.

 

 

 

  

2023-yil may oyida bo'lib o'tgan “Markaziy Osiyo - Xitoy” sammiti yakunlari bo'yicha qabul qilingan kelishuvlarga ko'ra Xitoy tomoni joriy yil 27-iyun kuni Urumchi shahrida “Markaziy Osiyo - Xitoy” formatidagi fan-texnika forumini o'tkazishni rejalashtirgan.
Ushbu Forum doirasida Xitoyda rasmiy safarda bo‘lib turgan Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova kecha Shinjon Tibbiyot universitetida bo‘lib, universitet rektori, professor Xaji Akber Aisa bilan muloqotda bo‘ldi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonlik va Xitoylik olimlarning hamkorlik masalalari, tibbiyot, biotexnologiya, genetika va formatsevtika yo‘nalishlaridagi hamkorlik loyihalari muhokama etildi. 
Shahlo Turdikulova uchrashuv davomida universitet faoliyati, zamonaviy muzey, katta imkoniyatlari mavjud kutubxona va yangicha yondashuvdagi laborotoriyalar bilan tanishdi. U o‘z so‘zida hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, jumladan, ilmiy loyihalar, akademik va talabalar mobilligi dasturlarini hamda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish uchun, grantlar va yangi dasturlar yaralishiga mustahkam asos bo‘ladigan  qadamlar uchun ushbu uchrashuv dolazarb ekanligini ta’kidladi. Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi yirik fan-texnika forumida ishtirok etmoqda. Tafsilotlar bilan tanishtirib boramiz.