Bugun, 23-oktabr kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining navbatdan tashqari plenumi o’tkazildi.
Unda Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abdurahimovich Abduxalimov “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi raisi etib saylandi.
Bahrom Abduxalimov 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Tarix fanlari doktori, professor. O‘zR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktori, Xalqaro Westminster universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.