2019-yil 8-10-aprel kunlari Buxoroda Kembridj Markaziy Osiyo Forumi, Kembrij universiteti, Kembrij universitetining taraqqiyot tadqiqotlari markazi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi hamkorligida “Ilm-fan sohasida yosh olimlarning salohiyatini yuksaltirish” (Research in action) xalqaro ilmiy seminari tashkil etildi.
Tadbirda yetakchi olimlar, ekspertlar, doktorantlar ishtirok etishib, jahon va Markaziy Osiyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarning bugungi holati muhokama etildi. Seminar dasturi ko‘p o‘lchovli dunyodagi mavjud o‘zgarishlarni aks ettirish uchun fanlararo yo‘nalishda ilmiy tadqiqot hamda siyosiy loyihalardagi tadqiqot nazariyasi va amaliyotini o‘zaro bog‘lashga yo‘naltirilgan edi. Seminarda Buyuk Britaniya, Uzbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon va Qirg‘iziston davlatlaridan jami 60dan ortiq ishtirokchilar qatnashdilar.
Shuningdek, seminar o‘z sohalarida muvaffaqiyatli ishlash uchun boshqa sohalardagi bilimlarni yanada kengaytirish imkonini berdi. Mintaqadagi aksariyat eng dolzarb muammolar bo‘yicha fikrlar va takliflar eshitildi.
Ushbu seminar Markaziy Osiyodagi davlatlar tomonidan eng muhim sohalarda nazariya va amaliyotda muvaffaqiyatga erishish borasida yangicha qarashlarni ifodaladi.
Seminar ishtirokchilari Buxoro va Samarqandning tarixiy-madaniy merosidan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘lishdi.