Fanlar akademiyasi Prezidiumi va Direktorlar kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig'ilishi o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi va Direktorlar kengashining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

Yig‘ilishda 2026-yil 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni kengaytirish hamda sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektoridan kelib chiqadigan vazifalar, O‘zbekiston Respublikasi Hisob Palatasining 2023-2025-yillarda Fanlar akademiyasi hamda uning huzuridagi ilmiy tashkilotlar faoliyati samaradorligi audit natijalari muhokama qilindi.

  

Davlatimiz Rahbarining 2025-yil 27-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-390-sonli qarorida belgilangan “xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda ilmiy muassasalar faoliyatini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, istiqbolsiz va samaradorligi past bo‘lgan mavjud ilmiy yo‘nalishlar hamda laboratoriyalar sonini maqbullashtirish orqali yangi ilmiy guruh va laboratoriyalar tashkil etish” topshirig‘i ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-21-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-388-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-390-sonli qarorlarida belgilangan topshiriqlar va maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini Fanlar akademiyasi tizimida bajarilishini taʼminlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Kengaytirilgan majlisda Fanlar akademiyasi tizimini modernizatsiya qilish, ilmiy tadqiqotlarning amaliy samaradorligini oshirish, xalqaro standartlar asosida ilmiy muassasalarni qayta tashkil etish hamda davlat qarorlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.