Fanlar akademiyasi prezidenti OAV vakillari bilan uchrashdi

Bugun, 26-iyun kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Ayupov ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar, dolzarb muammolar hamda ilmiy faoliyatni yoritishda OAVning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida Fanlar akademiyasi prezidenti OAV vakillarining savollariga javob berib, Akademiya tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar va xalqaro hamkorlik borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

Shuningdek, uchrashuvda ilmiy ommaboplikni oshirish, yoshlarni ilm-fanga jalb etish va jamiyatda ilmiy tafakkurni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Fanlar akademiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng targ’ib qilishda yaqindan yordam berayotgan OAV vakillari hamda tizim tashkilotlarida FA matbuot kotibi bilan ishlayotgan faol xodimlar munosib taqdirlandi. 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini yoritishda, ilm-fan yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazishda, shuningdek, Akademiya Axborot xizmati bilan samarali va faol hamkorlik qilayotganlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!