Joriy yilning 29-iyul kuni O'zbekiston Fanlar akademiyasi kasaba uyushmasi tashkilotining YI hisobot-saylov konferensiyasi Zoom platformasi orqali o'tkazildi. Konferensiyada Birlashgan qo'mita raisi Sherzod Jo'rayev o'tgan 2015-yil may oyidan 2020-yil iyul oyigacha Fanlar akademiyasi xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy, sport-sog'lomlashtirish, mehnatni muhofaza qilish borasida olib borilgan ishlar yuzasidan faoliyati haqida hisobot berdi.
Shuningdek, tashkilot taftish komissiyasi tomonidan o'tgan hisobot davrida olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi barcha masalalar bo'yicha qaror qabul qilinib yangi tarkibda qo'mita va taftish komissiyasi a'zolari hamda yuqori kasaba uyushma tashkilotlari Qurultoy va konferensiyasiga delegat va vakillar saylandi.
Konferensiyada so'zga chiqqan delegatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar umumlashtirilgan holda O'zR FA Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasining o'tgan hisobot davri mobaynida amalga oshirilgan ishlari qoniqarli deb topildi.
Konferensiya ishiga O'zR FA vitse-prezidenti S.Mirzayev raislik qildi. Unda O'zbekiston ta'lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Bedilov, FA vitse-prezidenti B.Abduxalimov, bosh ilmiy kotib G'.Baxadirov, ilmiy tadqiqot muassasalari direktorlari, O'zR FA Yosh olimlar kengashi raislari ishtrok etdilar.
Konferensiyada delegatlar tomonidan ko'pchilik ovoz bilan Jo'rayev Sherzod Sultanbayevich O'zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi lavozimiga saylandi.