“El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida ishtirok etuvchi nomzodlar diqqatiga!!!

2019-yil 20-mart kuni soat 20.00 da “El-yurt umidi” jamg‘armasi amaldagi stipendiyalari tanloviga hujjatlar topshirish jarayoni, jumladan, hujjat topshirish uchun registratsiyadan o‘tish to‘xtatiladi.

2019-yil 20-mart kuni soat 20.00 ga qadar onlayn hujjat topshirish tizimiga kirib, registratsiyadan o‘tgan, ammo turli sabablar bilan barcha hujjatlarini yuklay olmagan nomzodlar joriy yilning 24-mart kuni oxiriga qadar hujjatlarining elektron shakllarini tizimga yuklashlariga ruxsat beriladi. 2019-yil 25-mart kunidan boshlab, Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish tizimi faoliyati to‘xtatiladi va hujjatlari to‘liq yuklanmagan nomzodlarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “El-yurt umidi” jamg‘armasi amaldagi stipendiyalari tanlovida kirish imtihonlari dasturlari, imtihon (suhbat, test va yozma ish) o‘tkazish tartib-qoidalari jamg‘arma saytining Qo‘llanmalar ruknida e’lon qilinib kelinmoqda.

BARChANGIZGA OMAD TILAYMIZ!