Bugun Fanlar akademiyasi Zoologiya institutida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar partiya tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti hamkorligida “Ekologik muammolar olimlar nigohida” mavzusidagi davra suhbati o'tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar va tuman partiya tashkilotlari, Zoologiya instituti olimlari, Mahalliy Kengash deputatlari, O‘zbekiston Ekologik harakati faollari va OAV vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda bugungi kundagi ekologik muammolar, ularning yechimlari, hayvonot olamini, bioxilma-xillikni saqlab, oziq-ovqat xavfsizligi kabi masalalar bo‘yicha fikr mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Shu bilan birga bugungi kunda O‘zR FA Zoologiya instituti olimlari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari hamda ko‘sak qurtiga qarshi samarali, ekologik toza biopreparatlar yaratishda olib borilayotgan tadqiqotlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti “Entomofaglar ekologiyasi va biousullarning nazariy asoslari” laboratoriyasi mudiri Axmedova Zuxra Yuldashevna tomonidan yangi ixtiro qilingan va amaliyotga joriy qilingan “Koʻsak qurtiga qarshi kurashishda “HAVIR” biologik preparati” ning laboratoriya sharoitida ishlab chiqarish bosqichlari va jarayoni bilan tanishishdi.