O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti olimlari tomonidan qutisimon konstruktsiyali binolarning kuchlanishlarini hisoblash EHM dasturi yaratildi.
Ushbu dastur seysmik ta’sirlar ostida bo‘lgan qutisimon konstruktsiyali binolarning seysmik masalalarini chekli ayrimalar sonli usulini qo‘llash asosida ishlab chiqildi. Tuzilgan odatdagi differensial tenglamar sistemasi markaziy ayrimalar sxemasi yordamida qatorga yoyib yechiladi. Qutisimon inshootning harakat qonuni uning panel va balkalari uchun tuzilgan tenglamalar yordamida aniqlanadi.
Olimlarimiz tomonidan yaratilgan mazkur dastur binoning berilgan geometrik va mexanik ko‘rsatkichlari asosida qutisimon modelning bog‘lanish va ahamiyatli kesimlaridagi kuchlanishlarni hisoblaydi.
Ushbu dasturdan foydalanish bino konstruktsiyalarining ishonchliligini oshirish, hisoblash vaqtini qisqartirish imkoniyatini beradi.