Davlatimizning yuksak mukofotlari egalariga topshirildi

Joriy yil 26-dekabr kuni "Turkiston" san'at saroyida bir guruh faollarga davlatimizning yuksak mukofotlarini topshirishga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qo'shgan munosib hissasi, o'zining yorqin iste'dodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovatsion faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, madaniyat va san'at sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo'lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun bir guruh faollar taqdirlandi.

 

Eslatib o'tamiz, Davlatimiz Rahbari tomonidan mutaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan bir guruh vatandoshlarimizni taqdirlash to'g'risidagi Farmon imzolangan edi. 

http://academy.uz/uz/news/mutaqilligimizning-29-yilligi-munosabati-bilan-bir-guruh-vatandoshlarimiz-taqdirlandi