2018-yil 20-iyul kuni Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi.
Mamlakatimizda energetika sohasini rivojlantirish, energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko‘paytirish maqsadida Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aynan shu loyihalar bilan yaqindan tanishdi va bu borada qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha topshiriqlar berdi.