“Chegara bilmas hamdo’stlik” xalqaro forumi o'tkazilmoqda

  





Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti olimlari tomonidan 30-31-oktyabr kunlari  “Chegara bilmas hamdo’stlik” orfan kasalliklarni tashxislash va davolash bo’yicha birinchi xalqaro  forumi o'tkazilmoqda. Ushbu muhim tadbirda Yevropa, Osiyo va Avstraliya kabi 20 dan ortiq davlat tibbiyot sohasidagi yetakchi ekspertlari, OAV, blogerlar,xayriya tashkilotlari, din vakillari ham ishtirok etishdi.

Forumning asosiy maqsadi ilmiy, tibbiyot va farmatsevtika hamjamiyatlari, shuningdek, davlat hokimiyati organlarining birgalikdagi saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish uchun noyob xalqaro platforma yaratishdan iborat. Olimlar, kuchli mutaxassislar forum asnosida katta ilmiy maydonda orfan, irsiy kasalliklar kamdan-kam uchraydigan genetik kasalliklar sabab yuzaga keladigan o‘limni kamaytirish strategiyasini ishlab chiqishdir. Orfan kasalliklariga qarshi kurashish bugun uchun g‘oyatda muhim ahamiyatga ega. 
Forum doirasida orfan kasalliklarini tashxislash va davolash sohasidagi so‘nggi yutuqlarga bag‘ishlangan anjumanlar, seminarlar va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Muhokamaning asosiy mavzusi noyob irsiy kasalliklarga chalingan bemorlar uchun tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan xalqaro dastur va tashabbuslarni ishlab chiqishdan iboratdir.