Anqara shahrida Xalqaro Turkiy Akademiya Prezidiumi va VII Bosh Assambleyasi yig’ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvni Xalqaro Turkiy Akademiya prezidenti Shahin Mustafoyev, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, aʼzo boʻlgan Fanlar akademiyalari rahbarlari, TÜBİTAK rahbariyati vakillari va universitet rektorlari tomonidan tashkil etildi.
O’zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Sirojiddin Mirzayev Xalqaro Turkiy Akademiya Prezidiumi yig’ilishida ma'ruza qildi. Unda Fanlar akademiyalari o’zaro hamkorlik sohalari kelishib olindi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar: Sun'iy intellekt (SI): SI ning axloqiy jihatlarini o'rganish, katta til modellari, diffuziya modellari, neyromorfik hisoblash va boshqalar. Kvant texnologiyalari: kvant hisoblash algoritmlari, kvant kommunikatsiya va kriptografiya protokollari, kvant mashinani o'qitish va boshqalar. Iqlim o'zgarishiga qarshi kurash uchun yashil energetika texnologiyalari: Qayta tiklanadigan energiya: quyosh, shamol, geotermal, biomassa va gidroenergiya texnologiyalari. Yadro ilmlari va texnologiyalari: yangi avlod yadro reaktorlari rivojlanishi, yadro chiqindilarini xavfsizligi va utilizatsiyasi. Aqlli energetika tizimlari: sensorlar, boshqaruv tizimlari va energiya sarfini optimallashtirish. Energiya saqlash texnologiyalari: akkumulyator tizimlari, gidroakkumulyatsion stansiyalar, issiqlik saqlash tizimlari va boshqalar. Ishlab chiqarish va binolarda energiya samaradorligi: energiya samaradorligini oshirish uchun yangi materiallar va texnologiyalar ishlab chiqish. Tabiiy resurslar va atrof-muhit: Suv va oqava suvlarni tozalash texnologiyalari: membrana texnologiyalari, biologik remediatsiya, nanofiltratsiya va boshqalar. Sintetik biologiya: gen va hujayra terapiyasi, genomni tahrirlash, sintetik vaksinalar va boshqalar. Biologik xilma-xillik: daryo havzalarini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish, suv va yer ekotizimlarini saqlash, tabiiy jarayonlarga asoslangan yechimlarni joriy etish. Aviatsiya va kosmos: Avtonom uchuvchisiz uchish apparatlari: qishloq xo'jaligi, tabiiy ofatlar boshqaruvi, infratuzilma va boshqa fuqarolik sohalarida qo'llanilishi. Kosmik texnologiyalar: Yer kuzatuvi, telekommunikatsiya, navigatsiya, sayyoralarni tadqiq qilish va kosmosda resurslarni qazib olish. Bosh Assambleya yig‘ilishi davom etmoqda.