Birlashgan yadroviy tadqiqotlari instituti tashrifi

2025-yil 26-fevral kuni Birlashgan yadroviy tadqiqotlari instituti (BYTI, ОИЯИ) vitse-direktori L. Kostov va Neytron fizikasi laboratoriyasi direktori o‘rinbosari S.Kulikov hamda BYTI huzuridagi O‘zbekiston milliy guruhi rahbari A.Inoyatov O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga tashrif buyurdi. 
Mehmonlarni O‘zR FA prezidenti Sh.Ayupov, vitse-prezident S.Mirzayev hamda Yadro fizikasi instituti direktori I.Sodiqov kutib oldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Birlashgan yadroviy tadqiqotlari instituti oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari va dolzarb tashkiliy masalalar ham muhokama qilindi. 
Shuningdek, O‘zR FA Yadro fizikasi instituti BYTI laboratoriyalari oʻrtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari hamda 2025-yil apreliga moʻljallangan Oʻzbekistonda BYTI kunlarini oʻtkazish dasturi muhokama qilindi.

L.Kostov Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti nomidan Sh.Ayupovni yuqori va mas’uliyatli lavozimga – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidentigiga saylangani munosabati bilan tabriklab, o‘zbek ilm-fani rivojiga qaratilgan barcha rejalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi. 

 O‘z navbatida O‘zR FA prezidenti Sh.Ayupov ham O‘zbekiston uchun malakali kadrlar tayyorlashda BYTI rolini yuqori baholadi va tashrif uchun minnardorlik bildirdi.