Sovut. Odatda temir halqachalardan yasalgan himoya aslahasi. Piyoda askarlar sovuti ikki qavatli temirdan to‘qilgan. Suvoriy sovuti esa nihoyatda pishiq qilib ishlangan. Sovut tayyorlashda kumush, mis va temirdan foydalanilgan.
Og‘irligi taxminan 40 kg keladigan XIV-XV asrlarga tegishli suvoriylar sovuti hozirgi kunda O’zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida saqlanadi.