Belarus delegatsiyasi tashrifi

Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi A.I.Ivanes boshchiligidagi delegatsiya O’zR FAga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O’zbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi G’.A. Bahadirov kutib oldi.

Belarus Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi A.I. Ivanes boshchiligidagi “Kartoshka va bog’dorchilik bo’yicha Belarus MFA ilmiy-amaliy markazi” RUK direktori V.L. Maxanko, “Akademfarm” RUK direktori Yu.M. Mikitskiy lardan iborat delegatsiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutiga tashrifi tashkil etildi.

Mehmonlar Institutning akademik sharqshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlari, yozma manbalar fondi, yozma merosni raqamlashtirish kabi ko'p funksiyali faoliyati, shuningdek, restavratsiya bo'limi ishi bilan tanishdilar.

Belarus MFA Bosh ilmiy kotibi Andrey Ivanovich restavratsiya bo’limi faoliyatidan hayratda qolganini yashirib o’tirmadi. U O’zR FA Sharqshunoslik instituti hamda Belarusning tegishli tashkilotlari o’rtasida hamkorlik istiqbollarini ko’rib chiqishni taklif qildi.

Belarus MFA Bosh ilmiy kotibi Andrey Ivanovich O’zR FA Sharqshunoslik instituti tajribalari Belarusda sohani rivojlantirishda foydali bo’lishini ta’kidladi hamda kelgusida ikkala tomon o’rtasida hamkorlik o’rnatishga umid bildirdi.

Shundan so’ng, mehmonlar O’zR FA O’simlik moddalari kimyosi instituti va u yerdagi GMP talablari boʼyicha dori vositalari substantsiyalarni ishlab chiqarish ilmiy-texnologik markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va yo'nalishda ham hamkorlik aloqalarini kengaytirish zarurligini ta'kidlashdi.

 

So’ngra mehmonlar O’zR FA Genomika va bioinformatika markazida ham bo’lishdi. Uchrashuvda mehmonlarga Markaz xodimlarining o'simliklar genomikasi va biotexnologiyalari sohasidagi ishlanmalari va yutuqlari haqida so'zlab berildi hamda laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdilar. Mehmonlarni kartoshka va bug‘doyning yangi navlari qiziqtirdi.

  

Eslatib o’tamiz, 5-mart kuni Belorus delegatsiyasi tashrifi O’zR FA Materialshunoslik institutiga rejalashtirilgan.