O‘zR FA Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan “ATERIS” biologik faol qo‘shimchasi ishlab chiqildi. U qonda xolesterin moddasining yuqori darajada ko‘payib ketishining oldini olish maqsadida bemorlarni davolash uchun ishlatiladi. Ushbu biologik faol qo‘shimcha lipidlar almashinuvini normallashtiradi, qo‘shimcha aterogen lipidlar (shu bilan birga “salbiy xolisterin”) me’yoridan ortib ketish xavfini pasaytiradi. Shuningdek, tomirlarni morfofuktsional holatini yurak-qon tomiri va asab tizimlari, tomirlar sog‘lomligining funktsional holatlarini, qon almashinuvini yaxshilaydi, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.