Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashabbusi bilan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi hamkorlikda “Аkademik bilan suhbat” onlayn loyihasining bu galgi mehmoni OʼzR FA akademigi, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi, folklorshunos olim filologiya fanlari doktori, professor Toʼra Mirzayev bo'ldilar.
Ushbu onlayn suhbatda 50 ga yaqin ijod maktablari o’quvchilari, shuningdek, o`qituvchilar ishtirok etdi. Akademik To`ra Mirzayev onlayn suhbat ishtirokchilariga o`zbek xalq og’zaki ijodi, folklorshunoslik, o`zbek baxshichiligi haqida qiziqarli ma’lumotlarni gapirib berdilar hamda o`quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Shuningdek, akademik To`ra Mirzayev xalq og`zaki ijodi bu millatimizning o’zligini anglashida, milliy urf-odatlarimizni avlodlarga yetkazuvchi muhim manba sifatida ta’riflab o’quvchilarni ota-onalaridan, buva-buvilaridan eshitgan har xil rivoyatlar, maqol-masallar, dostonlarni yig’ib borishlarini va asosida o`zbek xalq og`zaki ijodini boyitishga o`z hissalarini qo`shishga chorladi.
Onlayn suhbat yakunida To`ra Mirzayev o'quvchilarga hamma muvofaqqiyatning tagida mehnat va intilish yotishi, shu sababli bugungi kunda mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlardan kelib chiqib ilm olishdan hech qachon to'xtamasliklari va har doim bilim olishga intilishi kerakligini alohida ta'kidlab o'tdilar.