O'zbekiston ilm-fani og'ir judolikka uchradi.
Materialshunoslik fizikasi, ilmiy asbobsozlik va mikroelektron texnikasi sohasida tanilgan yirik olim, O'zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Rajabov Telman Dadayevich 85 yoshida vafot etdi.
Atoqli olim, mehribon ustoz, kamtarin inson Telman Rajabovning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Marhumning oila a'zolari va yaqinlariga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi nomidan hamdardlik bildiramiz.