Akademik Shavkat Ayupov Andijon davlat universiteti talabalari bilan uchrashdi

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, V.I.Ramanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O'zbekiston qahramoni, fizika-matematika fanlari doktori Shavkat Ayupov Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi va Universitet talabalari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuv “Zamonaviy matematikaning nazariy asoslari va amaliy masalalari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman doirasida o‘tkazildi.

Uchrashuvda akademik Sh.Ayupov yoshlik xotiralari bilan o’rtoqlashdi, fanga kirib kelishi, bu yo’ldagi zahmatlar, olib borayotgan ilmiy faoliyati haqida gapirdi.

Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.