“9-may- Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlangan ko’rgazma tashkil etildi

Bugun, O'zbekiston tarixi davlat muzeyida ulug' vatan urushu qatnashchilarning vatan oldida ko'rsatgan jasoratiga bag'ishlangan “Hech qachon hech nima unutilmaydi” nomli ko'rgazma ochildi.

 

Koʼrgazmada muzey fondlarida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi yillariga tegishli materiallardan iborat plakatlar, fotolavhalar, eskizlar, kartina va general mayorlarning shaxsiy buyumlaridan tashkil topgan eksponatlari namoyish etildi.

Koʼrgazma joriy yil iyun oyiga qadar davom etadi.

Shunigdek, O'zbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent  muzeyida ham “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan “Har bir inson qadri uchun” mavzusida tadbir ham o’tkazildi.

 

Tadbirda  Olmazor tumani Respublika  Nuroniylar  jamgarmasi raisi a'zolari va  Shayxontohur tumani 84-umumta'lim maktab o'quvchilari mehmon bo'lishdi.