Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning 7-oktyabr kuni “Xalqaro paxta kuni”ga bagʼishlangan tadbirlarni oʼtkazdi. Vazirlik binosi hamda uning atrofida tashkil etilgan yarmarka va koʼrgazmalarda paxtadan olinadigan mahsulotlar namoyish qilindi, ilmiy-amaliy seminarlarda olimlar va mutaxassislar oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar, shuningdek, innovatsion va amaliy loyihalarning taqdimotlari oʼtkazildi.
Ushbu tadbirda Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqotlar muassasalari ham faol ishtirok etdi.