Ayni kunlarda Fanlar akademiyasi kimyo-biologiya yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarining 2025-yil uchun ilmiy-tadqiqot rejalari taqdimoti o‘tkazilmoqda.
Unda vitse-prezident Shahlo Turdikulova raisligida ilmiy-texnik kengash a’zolari, tashkilotlar rahbarlari va ilmiy xodimlari ishtirok etmoqda.
Bu galgi taqdimoqda Botanika, Zoologiya institutlari hamda Genomika va bioinformatika mazkazi rejalari tinglandi va muhokama qilindi.
Taqdimotlarni o‘tkazishdan maqsad mazkur yo‘nalishdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish, ishni to‘g‘ri va maqsadli tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish.