OʼzR FА Matematika instituti olimlari tashabbusi bilan talabalar va yosh olimlar uchun tashkil etilgan Yozgi matematika maktabi onlayn darslari davom etmoqda.
Bugungi onlayn darsda professor Abdullo Hayotov va tayanch doktorant Samandar Babayev "Python dasturlash tili va unda sonli usullar" mavzusida ma’ruza qildilar. Unda respublika oliy talim muassasalari professor-o`qituvchilari, iqtidorli talabalar va Matematika instituti jamoasi ishtirok etdi. Onlayn dars davomida Python dasturlash tiliga kirish, asosiy tushunchalar va sohaga oid zamonaviy muammolar muhokama qilindi va o’zaro tajriba almashildi.