Yosh tadqiqotchilar uchun seminar

O‘zR FA Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d. O‘ktambek Sultonov tomonidan Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, O‘zbekiston Milliy universiteti magistrantlari hamda O‘zR FA Sharqshunoslik instituti yosh tadqiqotchilari uchun O‘rta Osiyo saroy devon hujjatlarini o’rganish bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda.

 

Ushbu seminar Institut Yosh olimlar kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, FA va oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi o‘zaro integratsiyasini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Seminar yosh tadqiqotchilarga saroy devonxonasi faoliyati va unga tegishli hujjatlar tizimini Buxoro amirligi saroy misolida yaqindan tanishish imkonini beradi. Seminar davomida XVI-XX asr boshidagi saroy devoni yozishmalariga oid hujjatlarni o‘qish va ularning ishlash tizimini tahlil etish rejalashtirilgan.