Yangi mavsumdagi birinchi arxeologik qazishmalar

Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi tayanch doktorantlari va xodimlari birgalikda Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori qirg`og`ida joylashgan So`ngak mozor-qo`rg`onlarida qazishma ishlarini davom ettirmoqdalar.

 

Ekspeditsiyaning dastlabki kunlaridan ushbu hududning qadimgi aholisi madaniyati, turmush-tarzidan dalolat beruvchi arxeologik topilmalar qo`lga kiritildi.

Qazishma ishlari hali davom etmoqda. Qazishma ishlari natijalari to'g'risida batafsil ma'lumot keyinroq beriladi.