Yana bir yirik xalqaro konferensiya o'tkazildi

21-25-may kunlari Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida “Advanced Materials and Energy Storage Systems” (Ilgʻor materiallar va energiyani saqlash tizimlari) xalqaro konferensiyasi (Workshop) oʻtkazildi.
Unda respublikamiz va Xitoy, Koreya, Yaponiya, Pokiston hamda Turkiya davlatlaridan 20 dan ortiq yetakchi olimlar, soha mutaxassislari istirok etdi.

 

Konferensiyadan ko’zlangan asosiy maqsad: materialshunoslik sohasidagi so‘nggi yutuqlar va ularni energiya saqlash texnologiyalarida qo‘llash, zamonaviy materiallar, innovatsion sintez usullari va yangi avlod energiya saqlash tizimlarini muhokama qilish.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti hamda Xitoyning Xebey provinsiyasidagi Xebey Texnologiya Universitetining Materialshunoslik va muhandislik bo‘yicha oliy maktabi va Ilg‘or materiallar bo‘yicha Xalqaro qo‘shma tadqiqot markazi (XQTIM) o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolandi.

Shuningdek, konferensiyada Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori o’rinbosari Mirtemir Qurbanovga Xebey texnologiyalari universitetining faxriy professori unvoni ham topshirildi.

Konferensiya doirasida mehmonlar Institut faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.