Yana bir ilmiy tadqiqot natijasi xalqaro ilmiy jurnalda nashr etildi

FA Milliy arxeologiya markazi direktori F.Maqsudov va chet ellik hamkasblari bilan hamkorlikdagi  "O'rta Osiyoning tog’li tegralaridagi ilk islom qabristoni ma’lumotlariga ko’ra “dafn udumi jamoasi” va din" nomli maqolasi Antiquity jurnalida nashr etildi.

Maqolada O’rta Osiyodagi ilk islom jamoalari bo’yicha arxeologik tadqiqotlar asosan tekisliklardagi shaharlashgan jamoalarga qaratilganligini ta’kidlangan. Shuningdek, Oʻzbekistonning janubi-sharqida joylashgan Toshbuloq arxeologik yodgorligidagi ilk islom qabristonida yaqin yillarda olib borilgan geofizik (georadar va magnitometriya) tadqiqot, qazishmalar va bio-antropologik izlanishlar to’g’risida maʼlumot beriladi. AMS-sanalashtirish qabristonning eramizning VIII asr o'rtalarida tashkil etilganini ko'rsatadi. Bu fakt esa uni O’rta Osiyoda hujjatlashtirilgan eng qadimgi islom qabristonlaridan biriga aylantiradi. Toshbuloqdagi qabrlar o’z shakli va jasadlarni qo'yish bo'yicha islom qoidalariga to’g’ri keladi. Udumdagi izchillik o'sha paytda “dafn udumi jamoasi” mavjud bo’ganini ko'rsatadi. Ushbu izanish mintaqaning chet hududlarida islom dinining sekin tarqalgani tushunchasini rad qiladi va ilk islom jamoalarining turlichaligini hujjatlashtirishda arheologik va antropologik yondashuvlarning muhimligini ko’rsatadi.

Maqolaning to’liq matni bilan quyida tanishish mumkin:

https://www.doi.org/10.15184/aqy.2021.106