Joriy yilning 13-18-may kunlari O‘zbekiston xotin-qizlarini innovatsion g‘oyalari, loyiha va ishlanmalarini tadbiq etishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik va ixtirochilik faoliyatiga keng jalb qilish, intelektual mulk ob’ektlarini huquqiy muhofaza qilishlariga ko‘maklashish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning faoliyatlariga innovatsion yondashuvni joriy qilish maqsadida INNOWOMENWEEK xotin-qizlar innovatsiya haftaligi o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi doktoranti, “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovi g‘olibi Lola Saidova ham o‘zining o’simliklarga ishlov beruvchi “Elsimik”, “Gektar” nomli ishlanmalari bilan ishtirok etdi.