Xorazm Ma’mun akademiyasiga xorijlik arxeologlar tashrifi

2019-yil 15-oktyabr kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga Rossiya Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, Arxeologiya instituti direktori professor N.A.Makarov va uning germaniyalik hamkori, arxeolog professor Klaus van Karnsep tashrif buyurdilar. Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi mehmonlarni qabul qilib, Akademiya faoliyati, olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berdi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mulohazalar bildirildi.

   

Mehmonlar Akademiyada olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar bilan qiziqib, arxeologlar bilan suhbatlashdilar. Mehmonlarga Akademiya doimiy ekspozitsiyasi tanishtirildi. Mehmonlar Xiva shahri, uning go‘zal me’morchilik yodgorliklari va Akademiyadagi Xumbuztepa topilmalari ularni hayratga solganini ta’kidlab o‘tdilar.