Xorazm Ma’mun akademiyasi katta ilmiy xodimi Sh.Matyakubovning “Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri va xonlariga oid voqeotlar zikri” nomli monografiyasi nashr etildi.

Ushbu qoʻllanmada Xiva xonligi hududida XIX asr va XX asr boshlarida boʻlib oʻtgan tarixiy voqeotlar aks etgan.
Jumladan, Qoʻngʻirotlar sulolasi inoqlarining Xiva xonligi taxtiga kelishi, shajara va sulolalar tarixi, xonlar almashinuvi, xonlikdagi ichki boshqaruv siyosati va tashqi diplomatiya, oʻzaro ichki urushlar va tashqi bosqinlar, ichki va tashqi savdo-sotiq va bozor munosabatlari, qurilish, madaniy-maʼrifiy va maishiy hayot, xonlik hududida kechgan maishiy va ijtimoiy jarayonlar - oʻsha davrda yashab, ijod qilgan Xorazm tarixnavisligining yetuk namoyondalari shoir, tarixchi va tarjimon Muhammad Rizo Ogahiyning beshta tarixiy asarlari orqali, Ogahiydan keyingi Xiva xonligi saroy tarixnavisligi anʼanasi munosib davomchisi Muhammad Yusuf Bayoniy, xonlar oilasi vakili, tarixchi Sayid Homid toʻra Komyob tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar, Xiva xoni Muhammad Aminxon davridaErondan Xivaga elchi sifatida kelgan Rizoqulixon Hidoyatning “Saforatnomayi Xorazm” deb nomlangan kundaliklarida bitilgan Xiva xonligi va xonlari tarixini yorituvchi noyob tarixiy maʼlumotlar orqali shuningdek yuqoridagi va ularga yaqin boshqa mavzularda muallif tomonidan mahalliy va xorijiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalar orqali yoritilib beriladi.
Qoʻllanma oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining talabalari, doktorantlar, tadqiqotchilar, maktab oʻquvchilari shuningdek Xiva tarixiga qiziquvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun moʻljallangan.