Latviyaning «LAMBERT academic-publishing» - LAP Nashriyot uyi tomonidan O'zR FA Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimi Gavhar Durdiyevaning «Исследование cейсмостойкости aрхитектурных памятников города Хивы» deb nomlangan kitobi nashrdan chiqarildi. G.Durdiyeva tarixiy me'moriy yodgorliklarni ilmiy tadqiq qilish bo'yicha O'rta Osiyodagi yagona olima deb e'tirof etilgan.
Unda Xivadagi me'moriy obidalarni texnik holatini o'rganish hamda seysmik ta'sirlar, zamin va poydevorlarning hisobi, me'moriy obidalarni umrboqiyligini ta'minlashda va ularni ekspluatatsiyasida muhim jihat hisoblanadigan restavratsiya va rekonstruktsiya qilish bo'yicha metodik tavsiyalar berilgan.
Ushbu kitob sohaning quruvchi-muhandislari, me'morlar, qurilish va me'morchilik yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari va tadqiqotchilariga, me'moriy yodgorliklarni mustahkamlash va rekonstruktsiya qilish bo'yicha ishchi loyihalarni ishlab chiquvchi restavratorlarga hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari talabalariga tavsiya etiladi.