2020-yil 26-avgust kuni Xorazm Maʼmun akademiyasi, Urganch davlat universiteti va АQSh elchixonasi bilan hamkorlikda "Integrating English into Teaching STEM / STEAM" mavzusida xalqaro onlayn konferensiya oʼtkazildi. Konferensiyani АQSh elchixonasining madaniyat ishlari boʼyicha mutaxassisi Joane Kramb, UrDU oʼquv ishlar boʼyicha prorektor Sardor Xodjaniyazov va Xorazm Maʼmun akademiyasi Ikrom Аbdullayevlar tabrik soʼzi bilan ochib berdilar.
Konferensiyada Oʼzbekistonda “STEM va ingliz tilining ahamiyati va istiqbollari”, “Sinfda ijodiy fikrlashni tarbiyalash”, “Bloom taksonomiyasidan foydalangan holda STEM uchun tanqidiy fikrlash”, “ Аvtomatlashtirilgan lugʼat tayyorlash uchun vositalar” kabi maʼruzalar tinglandi va muhokama qilindi.