Joriy yilning 8-10-noyabr kunlari Turkiya Respublikasining Kastamanu shahrida I Millatlararo Turkiya-Oʻzbekiston munosabatlari simpoziumi boʻlib oʻtdi. Simpozium TIKA, Kastamanu universiteti, OʻzR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Amir Temur xalkaro jamoat fondi, Oʻzbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston davlat universiteti, Toshkent moliya instituti hamkorligida tashkil etildi. Simpoziumda OʻzR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, t.f.n. X.T. Fayziyev ham qatnashib, “Tarixiy manbalarda Temuriylar shajarasiga oid maʼlumotlar tahlili” mavzusida maʼruza qildi.