Vetnamlik seleksionerlar bilan Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimlari tajriba almashishdi

Xorazm Ma'mun akademiyasi eksperimental bazasida vetnamlik seleksioner va Sholichilik ilmiy tekshirish instituti hamda Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimlari birgalikda sholini chatishtirish bo'yicha tajriba almashishdi.

 

Yangi genetik jihatdan kuchli, serhosil duragaylarni yaratishda geografik uzoq formalarni chatishtirish maqsadga muvofiq ekanligi mutaxassislar tomonidan ta’kidlab o'tildi. Shu sababli Vetnam seleksiyasiga mansub navlar bilan yurtimiz seleksioner olimlari tomonidan yaratilgan sholi navlari chatishtirish uchun tanlab olindi.