OʼzR FА Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tomonidan ishlab chiqilgan “Nanoderm” - turli xil kuygan yara va chuqur yaralarni davolovchi bakteritsid xossali, bioeruvchan implant-plyonkalar hisoblanadi.
“Nanoderm” plyonkasi kuygan yaralarga qoʼllanilgan vaqt davomida bosqichma-bosqich taʼsirga ega. Plyonka tarkibidagi biologik faol modda eritma, gel shaklidagi dori vositasiga nisbatan uzoqroq vaqt taʼsir etadi. Kuyganlik darajasiga qarab bir necha marotaba qoʼllash mumkin.
Ilk bor nanotexnologiya prinsiplarnini qoʼllagan holda kumush nanozarralari bioeruvchan, bioparchalanuvchan polimer plyonkalarida shakllantirildi.
“Nanoderm” plyonkasi keng taʼsirga ega boʼlib, mikroorganizmlarga qarshi faollik, kuygan toʼqimalarni regeneratsiyalovchi xossalarni namoyon etadi. “Nanoderm” dori plyonkasi yuqori sorbtsion xossani namoyon etib, kuygan yaralar yuzasidagi hosil boʼlgan yiringlarni oʼziga shimib oladi va mikroorganizmlarga nisbatan uzoq taʼsirlashish xossasiga ega. Plyonka kuygan yaralar yuzasidan olib tashlanmaydi, vaqt oʼtishi bilan soʼrilib ketadi, bu oʼz navbatida bakteriyalarga qarshi davolash samaradorligini oshiradi.