O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori, akademik T.U.Aripova va genom-hujayraviy texnologiyalar laboratoriyasi mudiri T.R.Xegay Rossiyaning Kirov nomli Harbiy tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurib, kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Ivanov Andrey Mixaylovich va kafedraning immuno-texnologik diagnostika laboratoriyasi mutaxassisi, tibbiyot fanlari nomzodi Yuriy Nikitin bilan muzokaralar olib borishdi. Kun tartibida MoFlo Astrios EQ (сортер) apparatining ishlash qobiliyati, qo‘llanilishi, xodimlarni ushbu uskunada ishlashga o‘rgatish, hamkorlik yo‘nalishlari va 2020-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konferentsiyada ularning ishtiroki muhokama qilindi.
Safar davomida T.U.Aripova Onkologiya ilmiy-tekshirish instituti bo‘limi boshlig‘i Malek Anastasiyasi, onkolog biotexnolog bilan uchrashdi va ko‘krak bezi saratoni, bachadon bo‘yin saratoni diagnostika usullarini joriy etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Bu bo‘yicha 2019-yil noyabr oyida qo‘shma seminar o‘tkazish rejalashtirildi.
Bundan tashkari, Institut xodimlari Evropa o‘quv va konsalting markaziga tashrif buyurib, professor Kudimov Vladimir Valerьyanovich va Perlina Elena Markovna bilan xalqaro akkreditatsiya asoslari, 17020, 17025, GXP sertifikatlash asoslarida o‘qishni tashkil etish to‘g‘risida suhbatlashdilar, ilmiy va amaliy hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.