Tarixiy–me’moriy yodgorliklarni saqlash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilmoqda

Xiva shahrida (YEBBR) Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining umumlashgan madaniy meroslar dasturi doirasida “Loy arxitekturasini saqlash” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

 

 


Xorazm Ma’mun akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu ilmiy amaliy tadbirda olimlar va tarixiy–me’moriy yodgorliklarni saqlash, ta’mirlash hamda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
Seminar-trening 10-aprelga qadar davom etadi.