Suyima G‘anievaning ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan anjuman

Joriy yil 20-fevral soat 10.00 da O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, O‘zR FA  O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta va maxsus ta’lim vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida  O‘zbekiston qahramoni, navoiyshunos va matnshunos olima, professor  Suyima  G‘anievaning ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan “Suyima G‘anievaning ilmiy merosi va matnshunoslik masalalari” mavzusidagi  ilmiy-adabiy anjumani bo‘lib o‘tadi. 

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 69-uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyining “Xamsa” zali.