Sodiqov Obid Sodiqovich

 

О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1966–1984-yy.)

О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1947-y.), kimyo fanlari doktori

SSSR Fanlar akademiyasi akademigi (1972-y.)

Bioorganik kimyo sohasidagi olim, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi.

1913-yil 15-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan,

1987-yilda vafot etgan va Toshkent shahrida dafn etilgan.

Sotsialistik mehnat qahramoni (1973-y.)

О‘zSSRda xizmat kо‘rsatgan fan va texnika arbobi (1960-y.)

Qoraqalpog‘iston SSRda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi (1980-y.)

Beruniy nomidagi О‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1979-y.)

D.I.Mendeleyev nomidagi esdalik medali

Vengriya Tinchlik komitetining iftixor ordeni

Palatskiy nomidagi Chexoslavakiya universitetining Memorial ordeni bilan taqdirlangan.

О‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (О‘ODU, 1937-y., hozir О‘zMU)

Mehnat faoliyati davomida О‘ODU assistenti, dotsenti, kafedra mudiri, rektori, О‘zR FA bioorganik kimyo instituti direktori (asoschisi), О‘zR FA prezidenti hamda О‘zbekistondagi boshqa mas’uliyatli boshqaruv organlari lavozimlarida ishlagan

500 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 7 ta monografiya muallifi

10 ta fan doktori hamda 80 ta fan nomzodini tayyorlagan

2002-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (vafotidan sо‘ng).