O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutiga Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Geologiya, seysmobardosh qurilish va seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari M.Gadoyev, Seysmik xizmat ko‘rsatish monitoringi rahbari o‘rinbosari B.Olimov tashrif buyurdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama ilmiy hamkorlik shartnomasi tuzildi. Ushbu Shartnomaga ko‘ra chegaraviy hududlarda seysmik rayonlashtirish ishlarini hamkorlikda olib borish va tuzilgan umumiy seysmorayonlashtirish xaritasini shu zonalarda muvofiqlashtirish, hamkorlikda kuchli zilzilalar sodir bo‘lganda makroseysmik tadqiqot ishlarini epitsentral zonalarida olib borish, zilzila darakchilarini tadqiq etish va ularni o‘rganishning ilmiy-uslubiy asoslarini hamkorlikda yaratish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikda tashkiliy ishlarni olib borish ko‘zda tutilgan.